Ma'lumotlarga ko'ra, "Monako" Londonning "Arsenal" klubi bosh murabbiyi Arsen Vengerni qaytarmoqchi.
Eslatib o'tamiz, Venger aynan "Monako" safida o'zining murabbiylik faoliyatini boshlagan va shu klubda Fransiya chempionati va Fransiya Kubogi g'olibi bo'lgan. Hozirda "Monako" mutaxassisga yiliga 10 million funtlik maosh taklif qilyapti.