Modrich "Real" bilan shartnomasini uzaytiradi

Mirjalol Normatov
15 noya 2021, 23:34
"Real" xavbeki Luka Modrich klubdagi faoliyatini davom ettiradi.

"Marca" xabariga ko'ra, ushbu oyda 36 yoshli futbolchi "qirollik klubi" bilan 2023 yilgacha mo'ljallangan shartnomaga imzo chekadi. Uning amaldagi kelishuvi ushbu mavsumdan keyin yakunlanadi.

Ushbu mavsumda Modrich 7 o'yinda ishtirok etib, 2 golli pas amalga oshirdi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Marca