Modrich: "Real" bilan erishgan sovrinlarimning bir qismini Xorvatiya muvaffaqiyatiga almashgan bo'lardim"

Aslanov Jasurbek
11 iyun 2018, 14:54
"Real" va Xorvatiya terma jamoasi yarim himoyachisi Luka Modrich mavsum natijalari haqida fikr bildirdi.

"Bu juda og'ir va uzoq mavsum bo'ldi. Ispaniya chempionati va kubogida etarli darajaga yaxshi o'yin ko'rsata olmadik. Biroq mavsum oxirida asosiy sovrinni qo'lga kiritdik.

Tarixga kiradigan bu g'alabaning bir qismi ekanligimdan faxrlanaman. Ammo "Real" bilan erishgan sovrinlarimning bir qismini Xorvatiya terma jamoasi muvaffaqiyatiga almashgan bo'lardim" - deydi Modrich.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Goal.com