Mitroglu boshqa klubga o'tdi

Alisher
22 avg 2019, 10:21
"Marsel" hujumchisi Konstantinos Mitroglu joriy mavsumni PSVda o'tkazadi.

Qayd etish kerakki, 31 yoshli gretsiyalik o'yinchi shu yilning yanvar oyida "Galatasaroy" klubiga ijaraga berilgan edi, ammo turk klubi mavsumlar oraligig'ining yakuniga qadar o'yinchini ortga qaytardi.

Oldinroq, Mitrogluga A Seriyadan "Lechche" klubi jiddiy qiziqish bildirgani borasida xabarlar yangragan edi.

Mitroglu faoliyati davomida "Marsel" va "Galatasaroy"dan tashqari, "Olimpiakos", "Panionios", "Atromitos", "Fulxem" va "Benfika" klublari sharafini himoya qilgan.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: ED