
13 oktyabr, yakshanba kuni O'zbekiston Futbol Federatsiyasi Prezidenti Mirabror Usmonov O'zbekiston U-17 o'smirlar terma jamoasi bilan uchrashdi. Takidlash lozim, Dilshod Nuraliev bosh murabbiyligidagi O'zbekiston U-17 o'smirlar terma jamoasi 17 oktyabr kuni BAAda start oladigan jahon chempionati bahslarida ishtirok etish uchun 14 oktyabr tongda Dubayga uchib ketadi.
O'zbekiston o'smirlar terma jamoasining BAAga uchib ketishi arafasida O'FF Prezidenti Mirabror Usmonov futbolchilar bilan uchrashdi va jamoaga oq fotiha berdi. O'zbekiston Futbol Federatsiyasi Prezidentiga ko'ra, aynan O'zbekiston yoshlar va o'smirlar terma jamoalari millat futbolining kelajagidir.
O'zbekiston U-17 o'smirlar terma jamoasi bosh murabbiyi Dilshod Nuralievning so'zlariga ko'ra, terma jamoaga Jahon chempionati yarim finaliga chiqish vazifasi yuklatilgan.
Eslatib o'tamiz, 11 oktyabr kuni O'zbekiston U-17 o'smirlar terma jamoasi bosh murabbiyi Dilshod Nuraliev ishtirokida matbuot anjumani bo'lib o'tgan va OAV hodimlari bilan uchrashuvda, Nuraliev terma jamoa a'zolari Jahon chempionati bahslariga futbolchilarning har tomonlama tayyor ekanini takidlagan.