Milliy terma jamoa Toshkentda mashg'ulotlarga kirishdi

Narzulla Saydullayev
12 avg 2013, 12:51
Mirjalol Qosimov boshchiligidagi O'zbekiston milliy terma jamoasi 12 avgust kuni navbatdagi o'quv-mashg'ulot yig'inini boshladi.
O'zbekiston milliy terma jamoasi 12 avgust kuni Toshkent navbatdagi yig'inini boshladi. Rejaga ko'ra, terma jamoa a'zolari 14 avgustgacha Toshkentdagi JAR stadionida mashg'ulot o'tkazadi. O'FF terma jamoalar markazi direktori Asqar Tolibjonovga ko'ra, ushbu  yig'in davomida milliy terma jamoa mahalliy klublardan biriga qarshi o'rtoqlik-nazorat uchrashuvini o'tkazishi rejalashtirilgan. Milliy terma jamoa bosh murabbiyi Mirjalol Qosimov mazkur yig'inga jami 26 nafar futbolchini taklif etgan.

Takidlash joiz, 14 avgust kuni Toshknetda o'tkazilishi kerak bo'lgan O'zbekiston hamda Turkiya milliy terma jamoalari o'rtasidagi uchrashuv bekor qilingan edi. Eslatib o'tamiz, O'zbekiston milliy terma jamoasi 6 hamda 10 sentyabr kunlari JCH-2014 saralashi pley-off bosqichida Iordaniya terma jamoasiga qarshi bahs olib boradi. Terma jamoalar o'rtasidagi dastlabki o'yin 6 sentyabr kuni Iordaniya poytaxti Amman shahrida o'tkazilsa, javob uchrashuviga 10 sentyabr kuni Toshkent mezbonlik qiladi.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: the-uff.com