Milik: "Shimoliy Irlandiyani mensimaslikka haqqimiz yo'q"

12 iyun 2016, 00:30
Polsha terma jamoasi hujumchisi Arkadiush Milik Shimoliy Irlandiyaga qarshi o'yin oldidan o'z fikrlarini bildirib o'tdi.


- Shimoliy Irlandiyaga qarshi o'yinda biz favorit? Yo'q! Biz raqibga etarlicha baho berishimiz lozim. Raqibni mensimaslik bizga muammo keltirib chiqarishi mumkin. Polsha hali Yevropa chempionatida g'alaba qozonmagan. Shu bois biz hali raqibga past nazar bilan qarashga haqqimiz yo'q. Polsha hali hech narsaga erishgani yo'q. Yevropa chempionati saralash bosqichidan o'tib olganimiz muvaffaqiyat. Lekin endi oldimizga yanada yuqoriroq maqsadlarni qo'ymog'imiz darkor.
Polshada ayni vaqtda nimalar ruy berayotganini tushunib turibmiz. Butun xalq futbol bayrami og'ushida yashamoqda. Ular bizdan ko'p narsa kutishmoqda. Ularning ishonchlarini oqlashimiz kerak. Polsha Yevropa chempionatida. ajoyib futbol festivalida o'ynamoqda. Bu vaqtdan unumli foydalanib, futboldan zavq olishimiz kerak. Oldimizda turgan asosiy vazifa guruhdan chiqish. Avvalo oldimizda turgan o'yin haqida o'ylayapmiz.

O'xshash yangiliklar


Manba: uefa.com