"Milan" "Lill" himoyachisini tarkibiga qo'shib olmoqchi

Mirjalol Normatov
3 yanv 2022, 23:13
"Milan" qishki transferlar oynasi vaqtida himoyasini kuchaytirmoqchi.

"Sky Sport Italia" xabariga ko'ra, ayni damda "Lill" himoyachisi Sven Botman klub qiziqishlari doirasida bo'lib turibdi. "Rossoneri" himoyachini yanvar oyida tarkibiga qo'shib olishni niyat qilmoqda. "Lill" esa transfyerdan kamida 20 mln evro ishlab olmoqchi. 

O'z navbatida niderlandiyalikka "Nyukasl" tomonidan qiziqishlar bo'lib turibdi.

Ushbu mavsumda Botman "Lill" tarkibida barcha turnirlarda 21 o'yinda qatnashib, 1tadan gol va assist qayd etdi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Sky Sport Italia