"Milan" Karrasko bilan muzokaralar olib bordi

Omonjon To`xtamirzayev
31 yanv 2019, 17:19
"Dalyan Ifan" hujumchisi Yannik Ferreyra Karrasko yaqin kunlarda Xitoy klubidan ketishi mumkin.

"Milan" belgiyalik forvard bilan navbatdagi muzokarani o'tkazdi. Ular mavsum so'nggigacha ijara shartnomasini tuzish haqida kelishishmoqda, deya xabar berdi "Calciomercato".

Eslatib o'tamiz, Londonning "Arsenal" klubi ham Karraskoga qiziqish bildirayotgan edi.

O'xshash yangiliklar


Omonjon To`xtamirzayevMuallif
Manba: championat.asia