"Milan" yetakchilaridan biri "Man Yunayted" o'tishi mumkin

8 noya 2020, 19:40
Gap Xakan Chalxanoglu haqida bormoqda.

Yarim himoyachi va "Milan" o'rtasida o'tkazilayotgan shartnomani uzaytirish borasidagi muzokaralar boshi berk ko'chaga kirib qolgan, deya xabar tarqatdi Football Italia. "Rossonerilar" rahbariyati turkiyalik futbolchiga yiliga 5 million evro maosh to'lashga tayyor emas.

Takidlanishicha, Chalxanogluning agenti o'yinchiga yangi jamoa qidirishni boshlab yuborgan. Unga "Manchester Yunayted" qiziqib qolgani aytilmoqda.

O'xshash yangiliklar


Manba: Football Italia