Mikael Sekeyra Portugaliya 3-divizionida ish boshladi

Mirjalol Normatov
5 iyun 2022
O'tgan mavsum "Lokomotiv" jamoasini boshqargan portugaliyalik mutaxassis Mikael Sekeyra faoliyatini o'z vatanida davom ettiradi.

Mutaxassis mamlakat 3-divizionida ishtirok etadigan "Vitoriya Setubal" klubi bilan shartnoma imzoladi.

Setuballiklar yakunlangan mavsumda turnir jadvalida 4-o'rinni qo'lga kiritdi, ammo, 2-ligaga chiqish pley-off o'yinlarida omadsizlikka uchradi.

"Vitoriya Setubal" jamoasi 3 karra mamlakat Kubogi sohibi, shuningdek, 2007/08 yilgi mavsum chempioni hisoblanadi.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: instagram.com/vitoriafutebolclubeoficial/