Michu: “Bu faoliyatimning yuqori cho'qqisi”

10 okt 2013, 11:29
Jahon chempionati-2014 saralash doirasida Belorussiya va Gruziyaga qarshi o'yinda Ispaniya terma jamoasiga chaqirilgan “Suonsi” klubi hujumchisi Michu, orzusi ushalganligini aytib o'tdi.

“Butun faoliyatim davomida terma jamoaga chaqiruv olishni orzu qilar edim. Mana orzuyimga ham erishdim. Men asabiylashayapman chunki bu men uchun ajoyib lahzalar. Bu faoliyatimning yuqori cho'qqisi”, - futbolchining so'zlarini keltiradi Football Espana.


Manba: football.kulichki.net