Mesut Ozil "Arsenal"da 10-raqamni olishni istaydi

Narzulla Saydullayev
10 yanv 2017, 21:52
Arsenal futbolchisi Mesut Ozil londonliklar safida 10-raqamda o'ynashga qarshi emasligini aytib o'tdi.


"Arsenal"da 10-raqamli libosda o'ynashni istardim. Buni doimo istaganman. Klub ham biladi. Biroq, 2013 yilda bu raqam Uilshir tomonidan band qilingandi. Klubdagilar menga u raqam bo'shaganidan so'ng olishim mumkinligini aytgandilar.

Bu raqam yozdan beri bo'sh. Lekin, hozircha 10-raqamni olganim yo'q", - deydi Ozil.

Eslatib o'tamiz, Jek Uilshir ayni paytda "Bornmut" safida ijara asosida o'ynamoqda.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: Kicker