Messiga “Al Hilol”dan rasmiy taklif keldi

Оқил Абдубарноев
4 may 2023, 23:27
Lionel Messiga Saudiya Arabistonidan taklif keldi.

Manbaning xabariga ko'ra, "Al Hilol" 35 yoshli futbolchiga rasmiy shartnoma taklifini yuborgan.

Avvalroq Yaqin Sharq mamlakatida argentinalik futbolchi yiliga 400 million evro ishlab olishi mumkinligi haqida xabar berilgandi.

Messi Saudiya Arabistonining turizm elchisi hisoblanadi. Ushbu mamlakatga ruxsatsiz safar qilgani uchun PSJ hujumchini ikki haftaga diskvalifikaciya qildi.

Eslatib o'tamiz, Messi va PSJ joriy mavsum oxirida yakunlanadigan shartnoma muddatini uzaytirmaydi.

Shuningdek, "Barselona" ham yozda o'z tarbiyalanuvchisini qaytarish istagini bildirgan.

O'xshash yangiliklar


Оқил АбдубарноевMuallif
Manba: Reuters