Messi Verrattini "Barselona"da ko'rishni xohlamayapti

Tolibjon Qosimov
9 mar 2018, 21:14
PSJ yarim himoyachisi Marko Verratti yozda "Barselona"ga o'tishi mumkin.

Futbolchi o'tgan yozdayoq kataloniyaliklar safida paydo bo'lishi mumkin edi. Ammo, o'shanda italiyalik oxirgi pallalarda Parijda qolishga qaror qilgan edi.

Hozir u fikrini o'zgartirgan va "Barselona"ga o'tishga qarshi emas. Bu haqda "Don Balon" xabar berdi.

O'z o'rnida, ushbu o'yinchini jamoada kataloniyaliklar yetakchisi Lionel Messi ko'rishni xohlamayapti. Uning fikricha, Verrattining alohida ko'rsatkichlari "Barselona" futbolchilari darajasiga mos emas.

Eslatib o'tamiz, Chempionlar ligasi 1/8 final javob uchrashuvi doirasida "Real"ga qarshi bahsda Verratti qizil kartochka olib maydonni erta tark etgan edi.

O'xshash yangiliklar


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: Don Balon