Messi va Suares biznes hamkorga aylanishdi (foto)

Aslanov Jasurbek
18 may 2017, 11:41
"Barselona" hujumchilari Lionel Messi va Luis Suareslar biznes hamkorga aylanishdi.

Mundo Deportivo ma'lumotlariga ko'ra, ular birgalikda "SARKANY BOUTIQUE" do'konini ochishdi. Ushbu ishga ularning ayollari Antonella va Sofiya "majbur qilishdi". Do'konning ochilish marosimi kecha bo'lib o'tdi.



Riki Sarkani ushbu loyiha dizayneri hisoblanadi va aynan u oyoq kiyimlarining yangi turlarini o'ylab topadi.



Do'konning ochilish marosimida "Barselona" futbolchilari ayollari bilan ishtirok etishdi. Bundan tashqari, Kataloniya klubi sobiq yarim himoyachisi Sesk Fabregas ham xotini bilan ushbu tadbirga tashrif buyurdi. Do'kon ochilgan kunidayoq futbolchilar ilk xaridorlarga aylanishdi.















Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Championat.asia