Messi va Iguain Argentina terma jamoasiga chaqirildi

Aslanov Jasurbek
17 sen 2016, 12:58
Argentina terma jamoasi bosh murabbiyi Edgardo Bausa Peru (6 oktyabr) va Paragvayga (11 oktyabr) qarshi JCH-2018 saralash o'yinlariga chaqirilgan futbolchilar nomini e'lon qildi.

Ro'yxatda hujumchilar Lionel Messi va Gonsalo Iguain bor.

To'liq ro'yxat: Darvozabonlar - Serxio Romero (Manchester Yunayted) va Nauel Gusman (Tigres); himoyachilar - Fakundo Ronkalya (Selta), Mateo Musakkio (Vilyarreal), Ramiro Mori (Everton), Markos Roxo (Manchester Yunayted), Martin Demikelis (Espanol), Pablo Sabaleta (Manchester Siti), Gabriel Merkado (Sevilya), Nikolas Otamendi (Manchester Siti); yarim himoyachilar - Matias Kranevitter (Sevilya), Xaver Maskerano (Barselona), Lukas Bilya (Lacio), Augusto Fernandes (Atletiko), Ever Banega (Inter), Erik Lamela (Tottenxem), Nikolas Gaytan (Atletiko), Anxel Di Mariya (PSJ); hujumchilar Lionel Messi (Barselona), Anxel Korrea (Atletiko), Lukas Pratto (Atletiko Mineyro), Serxio Aguero (Manchester Siti), Paulo Dibala, Gonsalo Iguain (ikkalasi - Yuventus).


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.com