Messi va Buskets "El-Klassiko" rekordini o'rnatdi

Aslanov Jasurbek
28 fev 2019, 12:24
"Barselona" futbolchilari Serxio Buskets va Lionel Messi "Real"ga qarshi 35ta uchrashuvda ishtirok etishdi.

Ispaniya Kubogi yarim finalining javob uchrashuvida "Barselona" "Real"ni 3:0 hisobida mag'lub etdi va final yo'llanmasini qo'lga kiritdi.

Shunday qilib, Messi va Buskets "El-Klassiko"larda ishtirok etish bo'yicha rekord o'rnatishdi (35ta bahs). Avvalgi rekord Messi va Inestaga tegishli edi (34ta o'yin).

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Championat.com