Messi, Suares va Alba MLSda eng yaxshi bo'lishga nomzod

Narzulla Saydullayev
25 okt 2024, 15:50
Bugun MLS Year-End Awards 2024 sovrini uchun da'vogar bo'lganlarni e'lon qildi.

Ushbu sovrin muntazam chempionat yakuni bo'yicha topshiriladi. Ro'yxatga 15 ta klubdan futbolchilar kiritilgan.

Muntazam chempionat g'olibi "Inter Mayami" klubidan bir yo'la 5 futbolchi ro'yxatdan joy oldi: Lionel Messi va Luis Suares eng foydali futbolchi bo'lishga da'vogar, Xerardo Martino - eng yaxshi murabbiy, Diego Gomes - eng yaxshi yosh futbolchi, Jordi Alba - eng yaxshi himoyachi bo'lishi mumkin.

Suares mavsumning eng yaxshi yangi futbolchisi sovriniga ham da'vogar. To'liq ro'yxat bilan tanishing.


O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: mlssoccer.com