Messi Ronaldinyoga ta’sirli xat yozdi

Aslanov Jasurbek
18 yanv 2018, 13:17
Argentina terma jamoasi va "Barselona" hujumchisi Lionel Messi sobiq jamoadoshi Ronaldinyoning faoliyatini yakunlash haqidagi xabaridan so'ng, unga xat yozdi.

"Ko'p narsani sendan o'rgandim. Faoliyatim boshida "Barselona" kiyinish xonasida o'zimni engil his qilish uchun hamma narsani qilgan insondan doimo minnatdor bo'laman. Sen bilan ko'plab baxtli onlarda birga bo'lganman. Sen nafaqat to'p bilan juda yaxshi harakat qilasan, balki ajoyib insonsan. Xatto agar futboldan ketishni istasang ham, hech kim yuzingdagi tabassumni unutmaydi. Omad, Ronni" - deb yozdi Messi "Instagram"dagi sahifasiga.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Championat.asia