Messi qaysi o'yinlarni o'tkazib yuboradi?

Narzulla Saydullayev
22 sen 2016, 12:11
Xabaringiz bor, kecha "Barselona" hujumchisi Lionel Messi jarohat oldi.

Futbolchi taxminan 3 haftadan so'ng safga qaytishi ma'lum qilindi.

Xo'sh, Messi qaysi o'yinlarda maydonga tusha olmaydi? Agar hujumchi 3 hafta davolansa taxminan 13-14 oktyabr kunlari maydonga tushishi mumkin.

"Barselona" ushbu davr ichida uchta o'yinda ishtirok etadi. Ispaniya chempionati doirasida Xixonda "Sporting" va Vigoda "Selta" mehmoni bo'ladi. Bundan tashqari YCHL 2-turi doirasida kataloniyaliklar Germaniyada "Borussiya M" bilan kuch sinashadi.

Argentina terma jamoasi esa JCH-2018 saralashida 7 oktyabr kuni Peru, 12 oktyabr kuni Paragvay bilan o'ynaydi.

Messi katta ehtimol bilan mana shu 5ta o'yinda maydonga tusha olmaydi. 15 oktyabr kungi "Barselona" - "Deportivo" bahsida Leo yana safga qaytishi mumkin.

Taqvim
24 sentyabr "Sporting Xixon" - "Barselona"
28 sentyabr "Borussiya M" - "Barselona"
2 oktyabr "Selta" - "Barselona"
7 oktyabr Peru - Argentina
12 oktyabr Argentina - Paragvay

15 oktyabr "Barselona" - "Deportivo"

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia