Messi PSJda shu kungacha nechta samarali harakat amalga oshirdi?

Aziz Tukhtamuradov
12 fev 2022, 08:24
PSJ futbolchisi Lionel Messi Liga 1 doirasida "Renn"ga qarshi o'yinda Kilian Mbappega golli uzatma oshirib berdi.

34 yoshli argentinalik futbolchi Fransiya chempionatidagi 14 ta o'yinda 7-golli uzatmasini amalga oshirdi. Uning gollari soni esa hozircha 2 tani tashkil etadi. 

Chempionlar ligasida esa Messi 5 ta o'yinda 5 ta gol urgan. 

Umumiy hisobda, Messining PSJdagi ko'rsatkichi 20 ta o'yinda 7 ta gol va 7 ta golli uzatmani tashkil etadi. 

O'xshash yangiliklar


Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: Opta