
"Martino bosh murabbiy bo'lgach, maydondagi o'rnim orqaroqqa o'tib qoldi deb aytmagan bo'lardim. Biz hozir ham muvaffaqiyatli o'ynayapmiz. Men maydonda hujumchi ortidan harakat qilyapman. Bunday uslubda o'ynashni Gvardiola vaqtida boshlagandik.
O'yin vaqtida bor kuchim bilan harakat qilyapman va o'zimni eng yaxshi hislatlarimni ko'rsatishga urinyapman", – dedi argentinalik futbolchi.
Kappaning tanqidiga keladigan bo'lsak, ochig'ini aytganda, bunga ortiqcha e'tibor ham bermayman. Nima uchun u "Messi hozir futbolni ishtiyoq va ehtiroslarsiz o'ynayapti", deganini ham bilmayman. Hozir kaminani o'ylantirayotgan yagona narsa, tezroq formamni tiklab, yaxshiroq darajaga chiqib olishdir.
Jarohatdan keyin ko'p gol urmagan bo'lsam ham, bir necha yaxshi o'yinlar o'tkazdim deb hisoblayman. Shundoq ekan, uning so'zlariga keragidan ortiq e'tibor qaratish shartmas.O'yin vaqtida bor kuchim bilan harakat qilyapman va o'zimni eng yaxshi hislatlarimni ko'rsatishga urinyapman", – dedi argentinalik futbolchi.