

Kecha Argentina terma jamoasi jahon chempionatida g'olib chiqdi. Lionel Skaloni shogirdlari JCH-2022 finalida Fransiyani penaltilar seriyasida (3:3, 4:2) mag'lub etdi. Bu Messining faoliyatidagi 42-kubogi sanaladi.
Bungacha Chempionlar ligasi/Chempionlar kubogi, jahon chempionligi va “Oltin to'p”ni qo'lga kiritgan atigi 8 nafar futbolchi bor edi. Bular Bobbi Charlton, Franc Bekkenbauer, Gerd Myuller, Paolo Rossi, Zinedin Zidan, Rivaldo, Ronaldinyo va Kaka.
Messi ushbu ro'yxatdan joy olgan to'qqizinchi futbolchi bo'ldi.



