Messi faoliyati davomida qancha gol urgani ma'lum bo'ldi

Aslanov Jasurbek
10 sen 2021, 22:02
Argentinalik hujumchi Lionel Messining futbolchilik faoliyati davomida qancha gol urgani ma'lum qilindi.

Argentina terma jamoasi JCH-2022 saralashida Boliviyani mag'lub etdi. Uchrashuvda maydon egalari 3:0 hisobida zafar quchdi.

O'yindagi uchala to'p ham Lionel Messi tomonidan kiritildi.

Shu tariqa Messi faoliyati davomida 750-golini kiritdi. Buning uchun forvardga 932 ta o'yin kerak bo'ldi.

Ma'lumot uchun, hozirda Messining terma jamoada 79 ta goli bor, bu xalqaro futbol tarixidagi barcha Janubiy Amerika futbolchilari orasida eng yuqori ko'rsatkich hisoblanadi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Movistar Deportes