Messi “eng yaxshi futbolchi” sovrinini olishni istamadi

Narzulla Saydullayev
6 iyul 2015
Argentina terma jamoasi sardori Lionel Messi Chilida yakunlangan Amerika Kubogining “eng yaxshi futbolchisi”ga topshiriladigan shaxsiy sovrinni olishdan bosh tortdi.
Tashkilotchilar taqdirlash marosimi oldidan Messini 10 daqiqadan ko'proq vaqt mobaynida fikridan qaytarishga urinishgan.

Lekin bundan naf chiqmagan. Shundan so'ng esa ushbu sovrin turnirda 3ta gol urgan va Chiliga ilk tarixiy Amerika Kubogini yutishda katta yordam bergan Arturo Vidalga taqdim etildi. Bir yil oldin Braziliyadagi jahon chempionatida ham Messi mundialning “eng yaxshi futbolchisi” deb topilgandi.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: olamsport.com