Messi bu ishni tarixda birinchi bo'lib uddaladi

Aslanov Jasurbek
15 iyul 2024, 21:41
Lionel Messi Amerika Kubogidagi g'alabali o'yinlari soni bo'yicha rekord o'rnatdi.

Argentina terma jamoasi forvardi AQSHdagi Kopa Amerikada braziliyalik Zizino rekordini (23ta g'alabali o'yin) takrorladi va keyin yangilashga muvaffaq bo'ldi.

Finaldagi muvaffaqiyatdan so'ng Messi hisobida 39ta o'yinda 25ta g'alabali bahs bor.

Argentina terma jamoasi Kopa Amerika finalida Kolumbiyani ekstra taymlarda mag'lub etdi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: IFFHS