Messi "Barselona"ning bugungi mashg'ulotlarini o'tkazib yubordi

Alisher
5 sen 2020, 16:08
"Barselona" sardori Lionel Messi hali jamoa bilan mashg'ulotlarga kirishmadi.

"Ko'k-anorranglilar" bosh murabbiyi Ronald Kuman bugun ertalab mashg'ulot belgilagan edi, ammo 33 yoshli forvard unda ishtirok etmadi.

Argentinalik avgust oxirida "Barsa"dan ketmoqchi ekanligini aytdi, shu sabab u koronavirus uchun majburiy tekshiruvga kelmagandi.

Mashg'ulotni davom ettirish uchun futbolchilarning barchasi testdan o'tishi va manfiy natija olishi kerak.

Messi dushanbadan mashg'ulotlarga kirishishi mumkin. Kecha ma'lum bo'lganidek Messi "Barselona"da qoladi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: Marca