Messi "Barselona" bilan shartnomasini uzaytirmaydi

Mirjalol Normatov
5 noya 2020, 23:29
"Barselona" hujumchisi Leo Messi baribir jamoadan ketishni o'ylamoqda.

"Deportes Cuatro" nashri xabariga ko'ra, futbolchi klub prezidenti Joze Bartomeuning iste'fosidan keyin ham jamoada qolish haqida o'ylamayapti.

O'tgan transferlar oynasi vaqtida Messi jamoadan ketish haqida jiddiy bosh qotirgandi. Biroq xaridorlar unga so'ralgan mablag'ni to'lay olishmagandi.

Messining "Barselona" bilan shartnomasi 2021 yil yoziga qadar davom etadi. Shu boisdan u kelasi yili yozda jamoani tark etishi kutilmoqda. Unga "Manchester Siti", PSJ va "Inter" kabi klublar tomonidan qiziqishlar bo'lmoqda.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Deportes Cuatro