Messi: "Argentina - JCH-2018 favoriti emas"

Mirjalol Normatov
29 may 2018, 12:50
Argentina termasi hujumchisi Leo Messi jamoadoshlarining Rossiya mundialidagi imkoniyatlari haqida gapirdi.

"Ayta olaman, terma jamoamiz JCH-2018 favoriti emas. Argentinada iqtidorli futbolchilar juda ko'p, biroq biz o'zimizni eng zo'ri deb hisoblamaymiz. Ayni damda kuchli termalar juda ko'p. Bular: Braziliya, Germaniya, Ispaniya", - dedi Messi.

Argentina JCH-2018da Islandiya, Xorvatiya va Nigeriya termalariga qarshi bahs olib boradi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: euro-football.ru