Mbappe ortidan yana bir PSJ yulduzi "Real"ga o'tmoqchi

Оқил Абдубарноев
22 fev 2024, 23:50
PSJ himoyachisi Ashraf Hakimi "Real Madrid"ga qaytishni istamoqda.

Marokashlik futbolchi yozda Ispaniyaga ko'chib o'tishi kutilayotgan jamoadoshi Kilian Mbappe ortidan "Real" safiga qo'shilishni istamoqda.

Biroq katta ehtimol bilan ushbu transfer ushbu yozda amalga oshmaydi va Hakimi kelasi yozda Fransiyani tark etishi mumkin.

Eslatib o'tamiz, Ashraf Hakimi "Real Madrid" tarbiyalanuvchisi hisoblanadi va 2020 yilga qadar ushbu klub sharafini himoya qilgan.

O'xshash yangiliklar


Оқил АбдубарноевMuallif
Manba: Mundo Deportivo