Mbappe kelajagi borasida mart oyida yakuniy qarorga keladi
Omonjon To`xtamirzayev
23 yanv 2024, 16:42
PSJ hujumchisi Kilian Mbappe "Real" bilan 15 kundan buyon aloqaga chiqmayapti.
Bu haqida jurnalist Fransua Gallardo xabar berdi.
Uning yozishicha, futbolchining Madrid klubi bilan hech qanday kelishuvi yo'q. Gallardoning ma'lum qilishicha, fransiyalik futbolchi yakuniy qarorini mart oyidagina e'lon qiladi.