May oyining eng chiroyli goli uchun ovoz bering VIDEO

Narzulla Saydullayev
7 iyun 2018, 18:22
O'zbekiston Professional futbol ligasi Championat.asia bilan hamkorlikda oyning eng yaxshilarini aniqlashda davom etadi. Navbat may oyiga yetib keldi.

Chiroyli gollarga boy tarzda o'tayorgan Superligada mart oyi yakunlariga ko'ra ushbu nominaciya g'olibligi Azizbek Turg'unboevga nasib etgandi. Aprelda esa Elguja Grigalashvili eng chiroyli golga mualliflik qildi.

May oyining eng chiroyli goli muallifi bo'lish uchun nomzodlar:
Sardor Rashidov - “Lokomotiv” 10-tur. “Neftchi” - “Lokomotiv” (1-goli);
Arslonmurad Amonov-“Buxoro” 11-tur. “Lokomotiv” - “Buxoro”;
Sardor Mirzaev-“Lokomotiv” 11-tur. “Lokomotiv” - “Buxoro”;
Filip Rayevac-“Bunyodkor” 12-tur. AGMK - “Bunyodkor”;
Azamat Allaniyozov-“Navbahor” 12-tur. “Navbahor” - “Metallurg”;
Shavkat Salomov-“Buxoro” 13-tur. “Buxoro” - “Nasaf”;
Muhammad Isaev-“Metallurg” 13-tur. “Metallurg” - “Lokomotiv”.

Bu safar may oyida ham bir qator futbolchilar o'z kiritgan chiroyli gollari orqali muxlislar olqishiga sazovor bo'lishdi. Arslonmurod Omonov hamda Filip Rayevac esa ikkinchi bora oyning eng chiroyli goli muallifi bo'lish uchun da'vogarlar qatoridan o'rin olishdi.

Ovoz berishda PEPSI Superliganing 12 ta klubi bosh murabbiylari va sardorlari ishtirok etadi.  Muxlislar ovozi esa Championat.asia nashrida qabul qilinadi.


May oyining eng chiroyli gollarini tomosha qiling.




Eng chiroyli gollarni ovoz bering. 



O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia