Matich faoliyatini Italiyada davom ettirishi mumkin

2 yanv 2020, 22:22
"Manchester Yunayted" yarim himoyachisi Nemanya Matich Milan klublarining qiziqishlari doirasiga tushib qolgan edi.

"Calciomercato.com" nashri xabariga ko'ra, "Milan" serbiyalik futbolchini yanvarda o'z safiga qo'shib olmoqchi. "Inter" esa Arturo Vidal transferi amalga oshmagan taqdirda Matich variantiga to'xtaladi. 

Matich joriy mavsum "Manchester Yunayted" uchun 9 uchrashuvda maydonga tushib, bitta samarali uzatmani amalga oshirdi. Yarim himoyachining "qizil iblislar" bilan amaldagi shartnomasi yozda yakunlanadi.

O'xshash yangiliklar


Manba: Calciomercato.com