Marseloning ketishiga Zidan ham rozilik berdi

Mirjalol Normatov
4 iyul 2019, 22:10
"Real" himoyachisi Marselo yozda jamoasini tark etishi mumkin.

"Sport.es" xabariga ko'ra, 31 yoshli futbolchi klub rahbariyatiga o'zini transferga qo'yilishini so'ragan. Klub bosh murabbiyi Zinedin Zidan ham uning ketishiga rozilik bergan.

Braziliyalikning xizmatlariga APL, A Seriya hamda Xitoy chempionati klublaridan qiziqishlar bo'lmoqda.

Marselo 2007 yildan buyon "Real" tarkibida harakat qilmoqda. O'tgan mavsumda u "Real" tarkibida 23 o'yinda qatnashib, 2 gol urdi va 2 golga assistentlik qildi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Sport.es