Marselo PSJga qarshi uchrashuvga tayyor

4 mar 2018, 15:46
Madridning "Real" klubi himoyachisi Marselo jarohatidan forig' bo'ldi, deya xabar bermoqda Marca nashri.

Manbaning xabar qilishicha, braziliyalik futbolchi umumiy guruhda mashg'ulot o'tkazgan. Seshanba kuni "Real" safarda YCHL chorak final bosqichi javob uchrashuvida PSJga qarshi bahs olib boradi. Xabar qilinishicha, ushbu bahsda Marselo maydonga tushadi. Eslatib o'tamiz, PSJga qarshi dastlabki uchrashuv "qirollik klubi" foydasiga 3:1 hisobida yakunlangan.

O'xshash yangiliklar


Manba: footballhd.ru