Marku Silva: “Pikford – yuqori darajadagi darvozabon”

22 okt 2018, 01:15
“Everton” bosh murabbiyi APL 9-turida “Kristal Pelas” ustidan qozonilgan g'alaba(2:0)dan so'ng fikr bildirdi.

“Kutganimizdek og'ir bahs bo'ldi. “Kristal Pelas” yaxshi o'yin tashkil qildi. Birinchi bo'limda juda sekin xarakat qildik. Ikkinchi taymda o'yinimiz ijobiy tomonga o'zgardi. Pikford – yuqori darajali darvozabon. Kerakli paytda klubga va terma jamoaga yordam bera oladi”, - deya Marku Silvanining so'zlaridan iqtibos  keltirmoqda BBC nashri.

O'xshash yangiliklar


Manba: ВВС