Mark-Andre ter Shtegen "Barselona"dan ketishni istaydi
Aziz Tukhtamuradov
22 dek 2015, 20:50
"Barselona" darvozaboni Mark-Andre ter Shtegen jamoadan ketmoqchi, deya xabar qilmoqda Marca.
Ma'lum bo'lishicha, germaniyalik futbolchi klublar o'rtasidagi JCHda maydonga tusha olmaganidan norozi. Germaniya terma jamoasidan o'rin olishni istagan posbon klubda ikkinchi raqam ostida faoliyat olib bormoqchi emas.