Marca: Real yozda Vanda tufayli Ikardining transferidan voz kechgandi

Real o'tgan yilning yozida Ikardiga jiddiy qiziqish bildirganidan ko'pchilikning xabari bor.

Marca nashrining xabariga ko'ra, Madrid klubi futbolchining transferini uning xotini va agenti Vanda Nara tufayli amalga oshirishni istamagan.

“Real” rahbariyatini Ikardi xotinining transfer muzokaralari chog'idagi xatti harakatlari qirollik klubi vakillariga yoqmagan va o'shandayoq aynan Vanda tufayli Ikardining Ispaniyaga ko'chib o'tmasligi oydinlashgan.

Eslatib o'tamiz, ushbu haftada Vanda jurnalistlarga intervyu yueish chog'ida “Inter” siyosatini tanqid qilgan va uning ortida Ikardi klubda sardorlik bog'ichidan mahrum qilingandi. Shuningdek, futbolchining iltimosi bilan u Yevropa Ligasi doirasida “Rapid”ga qarshi bahsda uchrashuv qaydanomasiga kiritilmadi.


Manba: Marca