Maradonaning qizi OAVni tanqid qildi

Aslanov Jasurbek
27 iyun 2018, 12:51
Diego Maradonaning qizi Dalma Maradona o'z "tvitteri"da otasi haqida mish-mish tarqatayotgan OAVni tanqid qildi.

"Sizlar otamning sog'ligi haqida yozyapsiz, ammo bu yolg'on! Bunday qilish uchun hayotingiz qanchalik ahmoqona bo'lishi kerak. Odamlar boshqalar haqida gapirayotgan bo'lsa, demak o'zlari shunday. Bechoralar!" - deydi futbolchining qizi.

Eslatib o'tamiz, Nigeriya - Argentina uchrashuvidan (1:2) so'ng Maradona o'zini yomon his qilgani uchun kasalxonaga yotqizilgani e'lon qilindi. Keyinroq argentinalikning o'zi bu ma'lumotni rad etdi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Championat.com