Maradona: "Bo'ynimdagi og'riq tufayli shifokor tanaffusda uyga qaytishni maslahat berdi, ammo qanday keta olaman?"

Aslanov Jasurbek
27 iyun 2018, 13:36
Argentina terma jamoasi sobiq yarim himoyachisi Diego Maradona Argentinaning Nigeriyaga qarshi bahsidan (2:1) so'ng, o'z sog'ligi haqida gapirib berdi.

Ma'lum bo'lishicha, Maradona o'zini yomon his qilgan va shifoxonaga yotqizilgan, biroq bu ma'lumot keyinroq rad etildi.

"Ahvolim yaxshi, shifoxonaga yotqizilganim yo'q. Nigeriyaga qarshi o'yin tanaffusida bo'ynim og'rib qoldi, xushimni yo'qotdim.

Shifokor meni ko'zdan kechirib, birinchi bo'limdan so'ng uyga qaytishni maslahat berdi, ammo qolishga qaror qildim.

Qanday keta olardim? Qo'llab-quvvatlash uchun rahmat" - deydi Maradona.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: sports.ru