Maradona: "Argentinaga emas, BAAga muxlislik qilaman"

Narzulla Saydullayev
14 okt 2013
Argentinalik afsonaviy futbolchi Diego Maradona yaqinda boshlanadigan o'smirlar o'rtasidagi jahon chempinatida Argentinaga emas, Birlashgan Arab Amirliklariga muxlislik qilishini ta'kidladi.
"Mamlakatim bilan kelishmovchiligim borligi sababli ham men Argentinaga emas, Birlashgan Arab Amirliklariga muxlislik qilaman. Jamoani yaxshilab qo'llab-quvvatlash uchun muxlislarni stadionlarga kelishga chorlayman", dedi Maradona.

Eslatib o'tamiz, Maradona va Argentina futbol federatsiyasi o'rtasidagi kelishmovchilik, 2010 yilgi Jahon Chempionatidan keyin, Diego ishdan bo'shatib yuborilgach kelib chiqqan.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: sports.ru