Manjukich “Atletiko” bilan 2019 yilgacha shartnoma tuzadi

Tolibjon Qosimov
10 iyul 2014, 16:27
Xorvatiya terma jamoasi hujumchisi Mario Manjukich “Atletiko”da muvaffaqiyatli tibbiy tekshiruvdan o'tdi.
Futbolchi poytaxt klubi bilan 2019 yilgacha shartnoma tuzishi kutilmoqda.

“Men “Atletiko” sharafini himoya qilishdan baxtliman. Bu jamoani yaxshi bilaman va bu klubda kuchli futbolchilar to'p surishadi” – deydi Manjukich.

Madridliklar futbolchi uchun “Bavariya”ga 22 million evro to'lashadi.

Eslatib o'tamiz, “Bavariya” Mario Manjukich o'rniga dortmundning “Borussiya”sidan Robert Levandovskini sotib oldi.

Tolibjon QosimovMuallif
Manba: championat.com