Manuel Pellegrini: Sitiga MYUni ortda qoldira olishimizga ishonganim uchun keldim

Narzulla Saydullayev
10 iyul 2013, 21:40
Manchester Siti bosh murabbiyi Manuel Pellegrini jamoaning yangi mavsumdagi rejalari haqida aytib o'tdi.
Manchester Siti chempion bo'lganida bu klub tarixidagi eng muhim yutuqlardan biri bo'ldi.

Ushbu muvaffaqiyatni takrorlashga urinib ko'ramiz. Biroq biz oldimizga faqat chempionatda g'olib chiqishni maqsad qilmayapmiz, barcha musobaqalarda zafar quchmoqchimiz.

Premer-ligada oltita klub chempionlik uchun kurashadi. Ammo eng muhimi bu MYUni mag'lub etish ekanini bilaman. Bunga qodirligimiz uchun ham shu yerdaman.

Devid Moyes o'z ishini juda yaxshi biladi, Joze Mourinyu esa premer-liga haqida barchasini biladi. Shu sababli chempionat qiziq o'tadi, – deydi Pellegrini.

Narzulla SaydullayevMuallif