Manchini Shveytsariya bilan o'yindan so'ng: "Italiya haqli ravishda g'alabaga erishdi"

Aziz Tukhtamuradov
17 iyun 2021, 09:38
Italiya terma jamoasi bosh murabbiyi Roberto Manchini Shveytsariyaga qarshi o'yindagi g'alabadan so'ng o'z fikrlarini bildirdi.

"Biz yaxshi o'ynadik. O'yin qiyin o'tdi. Shveytsariya - kuchli va jismonan baquvvat jamoa. Bizda avvaliga bazi muammolar bo'ldi, biroq keyin o'yinimiz chiqdi va haqli ravishda g'alaba qozondik. 

O'yin g'olibi haqidagi savollarga ertaroq nuqta qo'yishimiz mumkin edi, chunki ko'plab vaziyatlar yaratdik. Ammo barcha tepilgan to'plarning darvozaga kirmasligi normal holat. Yigitlar ajoyib ishlashdi. 

Lokatelli esa ajoyib o'yin o'tkazdi. Yarim himoyachi ikkita gol urishi oson emas. Birinchi golda yaxshi kombinaciya tashkil etildi. Ikkinchisida esa individual mahorat barchasini hal qildi", - dedi Manchini. 

O'xshash yangiliklar


Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: uefa.com