"Manchester Yunayted"ning qarzi deyarli 500 mln funtni tashkil etmoqda

Alisher
2 mar 2022, 11:23
"Manchester Yunayted" vakillari o'tgan yil uchun moliyaviy hisobotni taqdim etishdi.

Unga ko'ra, "qizil iblislar"ning so'nggi yildagi toza qarzi 12 foizga oshdi va 494 million funtga etdi.

MYUning umumiy harajatlari so'nggi yilda 30 foizga o'sdi, jamoadagi maoshlar miqdori esa deyarli 400 million funtni tashkil etmoqda.

Eslatib o'tamiz, "Manchester Yunayted" futbolchilari Ralf Rangnik qo'l ostida chempionatda hozircha to'rtinchi o'rinni egallab turishibdi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: manutd.com