"Manchester Yunayted"ga A Seriya to'purari kerak

Mirjalol Normatov
10 noya 2019
"Lacio" hujumchisi Chiro Immobile "Manchester Yunayted" qiziqishlari doirasiga tushib qoldi.

“Sky Sports” xabariga ko'ra, 29 yoshli futbolchi o'z o'yinlari bilan "qizil iblislar" rahbariyatini xayron qoldirgan. Shu boisdan u klub short-listiga tushgan.

Qayd etish kerak, futbolchi 13 goli bilan A Seriya to'purari bo'lib turibdi.

Forvard bu mavsumda jamoasi tarkibida 14 o'yinda 15 gol urib, 4 golga assistentlik qildi.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Sky Sports