"Manchester Yunayted" Pogbani APL tarixidagi eng katta maosh oluvchi o'yinchiga aylantirishga tayyor

Alisher
7 yanv 2022, 15:41
MYU rahbarlari yarim himoyachi Pol Pogba bilan mehnat shartnomasini uzaytirishga yana urinib ko'rishadi.

Manchesterliklar fransiyalik xavbekka haftasiga 500 ming funt (~600 ming evro) taklif qilishga tayyorlar. Agar tomonlar kelishuvga erishishsa, Pol Angliya chempionati tarixidagi eng katta maosh oluvchi o'yinchiga aylanadi.

Pogba va "qizil iblislar" o'rtasidagi amaldagi shartnoma joriy mavsum so'nggiga qadar mo'ljallangan.

28 yoshli o'yinchi joriy mavsum APLda 9ta o'yinda maydonga tushib, 7ta assist qayd etdi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: Goal