“Manchester Yunayted” Pereyrani ijaraga berib yuboradi

19 mar 2019, 09:45
Andres Pereyra yana ijara asosida boshqa klubga yuboriladi.

Ma'lum bo'lishicha, MYU rahbariyati 23 yoshli braziliyalik futbolchini keyingi bir mavsumni ijarada o'tkazishini xohlamoqda. Pereyraga asosiy da'vogar sifatida esa “Lester” jamoasi ko'rsatilmoqda.

Futbolchi yaqindagina jamoa bilan shartnomasini uzaytirgan edi. Ammo agarda MYU futbolchini ijara berib yuboradigan bo'lsa, Pereyra bilan 4 yillik yangi shartnoma tuzib oladi.

O'xshash yangiliklar


Manba: The Sun