"Manchester Yunayted" o'z futbolchisi bilan shartnomasini uzaytirishga yaqin

Mirjalol Normatov
31 mar 2019, 10:29
"Manchester Yunayted" va hujumchi Markus Reshford shartnoma muzokaralarining so'nggi bosqichiga o'tishdi.

"Daily Mail" xabariga ko'ra, tomonlar 5 yilga mo'ljallangan yangi shartnoma imzolashadi. Unga ko'ra, futbolchining yillik maoshi 9 million evroni tashkil qiladi.

Forvardning amaldagi shartnomasi 2020 yilga qadar mo'ljallangan. Bu mavsumda u jamoasi tarkibida 39 o'yinda qatnashib, 13 gol urdi va 9 golga assistentlik qildi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Daily Mail